Sura Yunus (يونس) (Oyat 68)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




10 Yunus(يونس), Oyat 68

قَالُوا اتَّخَذَ اللَّهُ وَلَدًا ۗ سُبْحَانَهُ ۖ هُوَ الْغَنِيُّ ۖ لَهُ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الْأَرْضِ ۚ إِنْ عِنْدَكُمْ مِنْ سُلْطَانٍ بِهَٰذَا ۚ أَتَقُولُونَ عَلَى اللَّهِ مَا لَا تَعْلَمُونَ 68 ٦٨

Ular, «Alloh farzand tutdi», dedilar. U (bundan) pokdir. U behojatdir. Osmonlardagi narsalar va yerdagi narsalar Unikidir. Bu haqda sizning hech qanday dalilingiz yo`q-ku! Allohga nisbatan bilmagan narsangizni aytaverasizmi? (68)

Tafsir
Mushriklardan bir guruhi: «Alloh farishtalarni oʻzining qizlari qilib olgan», dedilar. Alloh bu gaplardan Pokdir. U Zot barcha maxluqotlardan behojatdir. Osmonlaru yerdagi narsalar Uning mulkidir. Ey mushriklar, sizlarda bu gapingizga biron hujjat yoʻq-ku! Alloh shaniga bilmaydigan narsangizni aytaverasizlarmi? "Uning bolasi bor", deyish qanchalar katta gunohligini bilmaysizlarmi?!

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin