Sura Yunus (يونس) (Oyat 94)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




10 Yunus(يونس), Oyat 94

فَإِنْ كُنْتَ فِي شَكٍّ مِمَّا أَنْزَلْنَا إِلَيْكَ فَاسْأَلِ الَّذِينَ يَقْرَءُونَ الْكِتَابَ مِنْ قَبْلِكَ ۚ لَقَدْ جَاءَكَ الْحَقُّ مِنْ رَبِّكَ فَلَا تَكُونَنَّ مِنَ الْمُمْتَرِينَ 94 ٩٤

Agar senga nozil qilgan narsamizdan shakda bo`lsang, sendan oldin kitobni o`qiganlardan so`ra. Batahqiq, senga Robbingdan haq keldi. Bas, hech shubha qilguvchilardan bo`lma. (94)

Tafsir
Ey Paygʻambar, sizga nozil qilganimiz Quron mohiyati borasida shubhaga borib, hayratlanayotgan boʻlsangiz, Tavrotni oʻqiydigan yahudiylardan va Injilni oʻqiydigan nasroniylardan soʻrang. Oʻshalar sizga nozil qilingan kitob haq ekanini aytib beradilar. Chunki uning vasfi Tavrot va Injilda kelgan. Sizga Parvardigoringiz tarafidan zarracha shubha aralashmagan haq keldi. Bas, hargiz shubhalanuvchilardan boʻla koʻrmang.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin