Sura Hud (هود) (Oyat 101)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




11 Hud(هود), Oyat 101

وَمَا ظَلَمْنَاهُمْ وَلَٰكِنْ ظَلَمُوا أَنْفُسَهُمْ ۖ فَمَا أَغْنَتْ عَنْهُمْ آلِهَتُهُمُ الَّتِي يَدْعُونَ مِنْ دُونِ اللَّهِ مِنْ شَيْءٍ لَمَّا جَاءَ أَمْرُ رَبِّكَ ۖ وَمَا زَادُوهُمْ غَيْرَ تَتْبِيبٍ 101 ١٠١

Biz ularga zulm qilmadik. Lekin o`zlariga zulm qildilar. Robbingning amri kelgan paytda, Allohni qo`yib iltijo qilgan «xudo»lari hech bir narsada ularning hojatlarini chiqara olmadi. Ularga ziyondan boshqani ziyoda qilmadilar. (101)

Tafsir
Ey Paygʻambar, ular halokat sari borar ekanlar, Biz ularga zulm qilmadik. Lekin ular oʻzlariga oʻzlari zulm qilib, Allohga kufr keltirdilar va shu bilan oʻzlarini oʻzlari halokat chohiga otdilar. Parvardigoringizning ularni halok qilish haqidagi farmoni kelgan paytda Allohni qoʻyib iltijo qilayotgan xudolari ularga asqotmadi, ularni boshlariga tushgan azobdan qutqarib qolmadi. Xudolari ularga zarar va halokatdan oʻzga narsani ziyoda qilmadi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin