Sura Hud (هود) (Oyat 108)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




11 Hud(هود), Oyat 108

وَأَمَّا الَّذِينَ سُعِدُوا فَفِي الْجَنَّةِ خَالِدِينَ فِيهَا مَا دَامَتِ السَّمَاوَاتُ وَالْأَرْضُ إِلَّا مَا شَاءَ رَبُّكَ ۖ عَطَاءً غَيْرَ مَجْذُوذٍ 108 ١٠٨

Baxtli bo`lganlar jannatdadirlar. Ular unda, modomiki, osmonlaru yer bor ekan, abadiylar. Magar Alloh xohlasa, (O`zi bilur). Bu tuganmas in'omdir. (108)

Tafsir
Iymon keltirish va yaxshi amallarni qilish bilan baxtli boʻlganlar jannatdadirlar. Modomiki, osmonlaru yer bor ekan, u yerda abadiy qoladilar. Faqat Allohning xohlagani bundan mustasno. U Zot gunohkor moʻminlarni jannatdan oldin doʻzaxga malum muddatga kiritishi mumkin. Allohning jannatiylarga ato etgan nematlari bitmas-tuganmasdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin