Sura Hud (هود) (Oyat 110)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




11 Hud(هود), Oyat 110

وَلَقَدْ آتَيْنَا مُوسَى الْكِتَابَ فَاخْتُلِفَ فِيهِ ۚ وَلَوْلَا كَلِمَةٌ سَبَقَتْ مِنْ رَبِّكَ لَقُضِيَ بَيْنَهُمْ ۚ وَإِنَّهُمْ لَفِي شَكٍّ مِنْهُ مُرِيبٍ 110 ١١٠

Batahqiq, Musoga kitobni berdik. Bas, u haqida ixtilof qilindi. Agar Robbingdan o`tgan so`z bo`lmaganida, oralarida hukm chiqargan bo`lar edi. Va, albatta, ular undan shak-shubhadadirlar. (110)

Tafsir
Biz Musoga Tavrotni berdik. Odamlar u haqda ixtilof qildilar. Ayrimlari iymon keltirib, qolganlari kufr keltirdilar. Allohning oldingi azobni kechiktirish, uni Qiyomat kuniga olib qoʻyish haqidagi qazosi boʻlmaganida ularning boshiga shu dunyoning oʻzidayoq haqli jazo, azob tushgan boʻlar edi. Yahudiy va mushriklar kabi kofirlar Quron haqida shubhalanaveradilar, gumon qilaveradilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin