Sura Hud (هود) (Oyat 123)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




11 Hud(هود), Oyat 123

وَلِلَّهِ غَيْبُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَإِلَيْهِ يُرْجَعُ الْأَمْرُ كُلُّهُ فَاعْبُدْهُ وَتَوَكَّلْ عَلَيْهِ ۚ وَمَا رَبُّكَ بِغَافِلٍ عَمَّا تَعْمَلُونَ 123 ١٢٣

Osmonlaru yerning g`aybi(ni bilmoq) Allohga xosdir. Ishning barchasi Unga qaytarilur. Bas, Unga ibodat qil va Ungagina tavakkal qil. Robbing qilayotganlaringizdan g`ofil emasdir. (123)

Tafsir
Osmonlardagi gʻayb olami ham, yerdagi gʻayb olami ham yolgʻiz Allohnikidir. Biron narsa U Zotdan yashirin boʻla olmas. Qiyomat kunida har bir ish U Zotga qaytarilur. Bas, ey Paygʻambar, yolgʻiz Ungagina ibodat qiling, ishlaringizda yolgʻiz Ungagina tayaning. Parvardigoringiz sizlar qilayotgan ishlardan gʻofil emas. Hammasini koʻrib-bilib turibdi. Yaqinda hammasining jazo yoki mukofotini berur.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin