Sura Hud (هود) (Oyat 12)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




11 Hud(هود), Oyat 12

فَلَعَلَّكَ تَارِكٌ بَعْضَ مَا يُوحَىٰ إِلَيْكَ وَضَائِقٌ بِهِ صَدْرُكَ أَنْ يَقُولُوا لَوْلَا أُنْزِلَ عَلَيْهِ كَنْزٌ أَوْ جَاءَ مَعَهُ مَلَكٌ ۚ إِنَّمَا أَنْتَ نَذِيرٌ ۚ وَاللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ وَكِيلٌ 12 ١٢

Ehtimol, sen ularning: «Unga xazina tushirilsa edi» yoki «U bilan birga farishta kelsa edi», deganlari uchun o`zingga vahiy qilingan narsaning ba'zisini tark qilmoqchi bo`larsan yoki undan yuraging siqilar. Sen ogohlantiruvchisan, xolos. Allohning O`zi hamma narsaga vakildir. (12)

Tafsir
Ey Paygʻambar, ehtimol siz ularning kufri, sarkashligi, moʻjizalar talab qilishlari kabi ishlari tufayli Alloh sizga yetkazishni buyurgan ayrim buyruqlarni ularga ogʻirlik qilib qolmasligi uchun tark etayotgandirsiz. Ularni yetkazsam: "U bilan birga uni boy qiladigan bir xazina ham nozil qilinmabdi-da yoki uning haqligini tasdiqlaydigan bir farishta ham kelmabdi-da", deb qolishlaridan yuragingiz bezovta boʻlayotgandir. Siz hech narsani qoldirmay, hammasini yetkazavering. Chunki siz faqat ogohlantiruvchisiz, xolos. Alloh yetkazishni buyurgan ishni yetkazasiz. Siz ular talab qilayotgan moʻjizalarni keltirishingiz shart emas. Alloh hammasini koʻrib-bilib, kuzatib turibdi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin