Sura Hud (هود) (Oyat 18)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




11 Hud(هود), Oyat 18

وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ افْتَرَىٰ عَلَى اللَّهِ كَذِبًا ۚ أُولَٰئِكَ يُعْرَضُونَ عَلَىٰ رَبِّهِمْ وَيَقُولُ الْأَشْهَادُ هَٰؤُلَاءِ الَّذِينَ كَذَبُوا عَلَىٰ رَبِّهِمْ ۚ أَلَا لَعْنَةُ اللَّهِ عَلَى الظَّالِمِينَ 18 ١٨

Allohga nisbatan yolg`on to`qigan kimsadan ham zolimroq odam bormi? Ana o`shalar Robbilariga ro`baro` qilinurlar va guvohlar: «Anavilar Robbilari sha'niga yolg`on gapirganlardir. Ogoh bo`lingkim, Allohning la'nati zolimlargadir», derlar. (18)

Tafsir
Alloh shaniga "bolasi bor", "sherigi bor", deya yolgʻon toʻqigan odamdan ham zolimroq kimsa yoʻqdir. Ana oʻshalar Qiyomat kuni Parvardigorlariga roʻbaroʻ qilinurlar va qilgan amallaridan hisob olinur. Oʻshanda farishta va paygʻambarlardan iborat boʻlgan guvohlar: "Mana shular "bolasi bor", "sherigi bor", deya Alloh shaniga yolgʻon toʻqiganlar", derlar. Ogoh boʻlingizkim, Alloh shaniga yolgʻon toʻqigan zolimlarni Alloh Oʻz rahmatidan quvgay.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin