Sura Hud (هود) (Oyat 1)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




11 Hud(هود), Oyat 1

الر ۚ كِتَابٌ أُحْكِمَتْ آيَاتُهُ ثُمَّ فُصِّلَتْ مِنْ لَدُنْ حَكِيمٍ خَبِيرٍ 1 ١

Alif. Laam. Ro. (Ushbu) kitob oyatlari mahkam qilingan, so`ngra hikmatli va xabardor Zot tomonidan mufassal (bayon) qilingandir. (1)

Tafsir
Alif. Lom. Ro. Bu harflar haqida "Baqara" surasida aytib oʻtdik. Quron oyatlari shaklda ham, manoda ham puxta qilingan. Unda nooʻrin ishlatilgan biron harfni, biron nuqsonni koʻrmaysiz. Bundan tashqari u halol-haromni, buyruq-taqiqni, vada-vaidni, qissalarni bayon qilib kelgan kitob. U tadbiriyu shariatida hikmat bilan ish qiladigan, bandalarining ahvolidan va ular uchun nima yaxshiligidan xabardor Zot tarafidan nozil qilingan.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin