Sura Hud (هود) (Oyat 20)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




11 Hud(هود), Oyat 20

أُولَٰئِكَ لَمْ يَكُونُوا مُعْجِزِينَ فِي الْأَرْضِ وَمَا كَانَ لَهُمْ مِنْ دُونِ اللَّهِ مِنْ أَوْلِيَاءَ ۘ يُضَاعَفُ لَهُمُ الْعَذَابُ ۚ مَا كَانُوا يَسْتَطِيعُونَ السَّمْعَ وَمَا كَانُوا يُبْصِرُونَ 20 ٢٠

Ana o`shalar yer yuzida qochib qutuluvchi bo`la olmadilar, ularga Allohdan o`zga do`st ham bo`lmadi, azob bir necha barobar qilinur. Ular eshitishga qodir bo`la olmadilar va ko`ra olmadilar ham. (20)

Tafsir
Mana shu sifatlarga ega boʻlgan kimsalar yer yuzida Allohning azobidan qochib-qutula olmadilar. Ularga Allohdan oʻzga madadkorlar ham, ittifoqdoshlar ham topilmadiki, ularni azobdan qutqarib qolsa. Oʻzlari ham Allohning yoʻliga yurmay, oʻzgalarni ham undan toʻsganlari uchun Qiyomat kuni azob ularga bir necha barobar qilib berilur. Haqdan yuz oʻgirganlari bois bu dunyoda haqqa, hidoyatga quloq solmadilar, Allohning koinotdagi oyat-alomatlarini koʻra bilmadilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin