Sura Hud (هود) (Oyat 28)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




11 Hud(هود), Oyat 28

قَالَ يَا قَوْمِ أَرَأَيْتُمْ إِنْ كُنْتُ عَلَىٰ بَيِّنَةٍ مِنْ رَبِّي وَآتَانِي رَحْمَةً مِنْ عِنْدِهِ فَعُمِّيَتْ عَلَيْكُمْ أَنُلْزِمُكُمُوهَا وَأَنْتُمْ لَهَا كَارِهُونَ 28 ٢٨

U: «Ey qavmim, ayting-chi, agar men Robbimdan aniq hujjatga ega bo`lgan bo`lsam va U menga O`z huzuridan rahmat bergan bo`lsa-yu, sizga maxfiy qolgan bo`lsa, uni sizga, agar yoqtirmasangiz ham, majburlaymizmi?!» dedi. (28)

Tafsir
Nuh ularga dedi: «Ey qavmim, ayting-chi, men Parvardigorim tarafidan haq ekanimga guvohlik beradigan va sizlarning tasdiqlashingizni taqozo etadigan aniq bir hujjatga ega boʻlsam hamda U Zot menga Oʻz huzuridan bir rahmat - paygʻambarlik va risolatni ato etgan boʻlsa-yu, uni sizlar nodonligingiz tufayli koʻra olmayotgan boʻlsangizlar, sizlarni yoqtirmasangiz ham unga iymon keltirishga majburlarmidik?!»

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin