Sura Hud (هود) (Oyat 34)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




11 Hud(هود), Oyat 34

وَلَا يَنْفَعُكُمْ نُصْحِي إِنْ أَرَدْتُ أَنْ أَنْصَحَ لَكُمْ إِنْ كَانَ اللَّهُ يُرِيدُ أَنْ يُغْوِيَكُمْ ۚ هُوَ رَبُّكُمْ وَإِلَيْهِ تُرْجَعُونَ 34 ٣٤

Va agar Alloh sizlarni yo`ldan ozdirishni istasa, men nasihat qilishni xohlaganim bilan, nasihatim sizlarga manfaat bermas. U sizning Robbingizdir va Unga qaytarilursiz», dedi. (34)

Tafsir
Alloh sizlarni sarkashligingiz tufayli toʻgʻri yoʻldan adashtirib, hidoyatdan mahrum qilib qoʻyishni istayotgan boʻlsa, ogohlantirishim va nasihatim sizlarga foyda bermas. U Parvardigoringizdir. Hamma ishingiz U Zotning Qoʻlidadir. Istasa, adashtiradi, istasa, yoʻlga soladi. Qiyomat kuni yolgʻiz Uning Oʻziga qaytarilursizlar. Oʻshanda amallaringizga yarasha jazo yoki mukofotingizni berur.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin