Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
U kema yasamoqda. O`z qavmidan bo`lgan zodagonlar qachon oldidan o`tsalar, uni masxara qildilar. U: «Agar bizni masxara qilsangiz, biz ham xuddi siz bizni masxara qilganingizdek, sizni masxara qilurmiz. (38)
Tafsir
Nuh Parvardigorining buyrugʻini bajarib, kema yasay boshladi. Qavmining zodagonlari uning yonidan oʻtayotib, na bir suv va na bir daryo boʻlgan joyda kema yasayotgani uchun uning ustidan kulishib, masxaralardilar. Bu holat takrorlanavergach, u dedi: "Ey zodagonlar, kema yasayotganimiz uchun bugun siz bizning ustimizdan kulayotgan boʻlsangiz, ertaga nodonlik qilib, oqibatni oʻylamaganingiz uchun gʻarq boʻlib ketayotganingizda biz sizning ustingizdan kulamiz".
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: