Sura Hud (هود) (Oyat 42)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




11 Hud(هود), Oyat 42

وَهِيَ تَجْرِي بِهِمْ فِي مَوْجٍ كَالْجِبَالِ وَنَادَىٰ نُوحٌ ابْنَهُ وَكَانَ فِي مَعْزِلٍ يَا بُنَيَّ ارْكَبْ مَعَنَا وَلَا تَكُنْ مَعَ الْكَافِرِينَ 42 ٤٢

Va u (kema) ularni tog`lardek to`lqinda olib ketayotganida, Nuh bir chetda turgan o`g`liga: «Ey o`g`lim, biz bilan birga mingin, kofirlar bilan birga bo`lmagin», dedi. (42)

Tafsir
Kema odamlar va boshqalarni togʻlardek toʻlqinlar orasida olib ketar ekan, Nuh alayhissalom bir chetda turgan kofir oʻgʻliga otalarcha jonkuyarlik bilan: "Ey oʻgʻilginam, biz bilan birga kemaga minib, gʻarq boʻlishdan najot topib qolgin, kofirlarga qoʻshilib, choʻkib oʻlmagin", dedi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin