Sura Hud (هود) (Oyat 46)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




11 Hud(هود), Oyat 46

قَالَ يَا نُوحُ إِنَّهُ لَيْسَ مِنْ أَهْلِكَ ۖ إِنَّهُ عَمَلٌ غَيْرُ صَالِحٍ ۖ فَلَا تَسْأَلْنِ مَا لَيْسَ لَكَ بِهِ عِلْمٌ ۖ إِنِّي أَعِظُكَ أَنْ تَكُونَ مِنَ الْجَاهِلِينَ 46 ٤٦

U zot: «Ey Nuh, albatta u ahlingdan emas. Albatta, u yaxshi amal emasdir. O`zingning ilming bo`lmagan narsani zinhor so`ramagin. Men senga johillardan bo`lmasligingni nasihat qilaman», dedi. (46)

Tafsir
Alloh Nuhga dedi: "Ey Nuh, oʻgʻlingga najot berishimni soʻrayapsan. Holbuki, u sening ahli oilangdan emas. Chunki u kofir. Ey Nuh, mendan shuni soʻrashing senga, maqoming, martabangga yarashmaydi. Shunday boʻlgach, bilib-bilmay soʻrayverma. Seni bilib-bilmay ilmim va hikmatimga toʻgʻri kelmaydigan ishlarni ham soʻrayveradigan nodonlardan boʻlib qolishdan ogohlantiraman.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin