Sura Hud (هود) (Oyat 52)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




11 Hud(هود), Oyat 52

وَيَا قَوْمِ اسْتَغْفِرُوا رَبَّكُمْ ثُمَّ تُوبُوا إِلَيْهِ يُرْسِلِ السَّمَاءَ عَلَيْكُمْ مِدْرَارًا وَيَزِدْكُمْ قُوَّةً إِلَىٰ قُوَّتِكُمْ وَلَا تَتَوَلَّوْا مُجْرِمِينَ 52 ٥٢

Ey qavmim, Robbingizga istig`for ayting, so`ngra Unga tavba qiling, shunda U ustingizga osmondan baraka yomg`iri yuboradi va quvvatingizga quvvatni ziyoda qiladi. Jinoyatchi bo`lgan holingizda yuz o`girib ketmang», dedi. (52)

Tafsir
Ey qavmim, Allohdan magʻfirat soʻrangiz, keyin gunohlaringizga tavba qilingiz. Shunda Alloh sizga ajru savob berib, osmondan koʻp yomgʻir yogʻdiradi. Zurriyotingiz va mol-davlatingizni ziyoda qilib, kuchingizga kuch qoʻshadi. Davatimdan yuz oʻgirmangiz. Aks holda, jinoyatchilardan boʻlib qolursiz. Zero, mening davatimdan yuz oʻgirib, Allohga kufr keltirish va risolatni yolgʻonga chiqarish katta jinoyatdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin