Sura Hud (هود) (Oyat 56)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




11 Hud(هود), Oyat 56

إِنِّي تَوَكَّلْتُ عَلَى اللَّهِ رَبِّي وَرَبِّكُمْ ۚ مَا مِنْ دَابَّةٍ إِلَّا هُوَ آخِذٌ بِنَاصِيَتِهَا ۚ إِنَّ رَبِّي عَلَىٰ صِرَاطٍ مُسْتَقِيمٍ 56 ٥٦

Albatta, men Robbim va Robbingiz bo`lmish Allohga tavakkal qildim. Har bir o`rmalaydigan narsaning peshonasi Uning changalidadir. Albatta, Robbim to`g`ri yo`ldadir. (56)

Tafsir
Men yolgʻiz Allohga tavakkul qildim, yolgʻiz U Zotga tayandim. U mening ham Parvardigorimdir, sizning ham Parvardigoringizdir. Zamin uzra biron bir oʻrmalagan jon yoʻqki, U Zotning mulki va saltanatidan tashqarida boʻlsa. Hammasini Oʻzi istaganicha boshqaradi. Parvardigorim haqiqat va adolat ustidadir. U Zot sizlarni menga hukmron qilib qoʻymaydi. Zero, men haq ustidaman, sizlar esa botil ustidasizlar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin