Sura Qasas (Qissalar — القصص) (Oyat 58)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




28 Qasas(القصص), Oyat 58

وَكَمْ أَهْلَكْنَا مِنْ قَرْيَةٍ بَطِرَتْ مَعِيشَتَهَا ۖ فَتِلْكَ مَسَاكِنُهُمْ لَمْ تُسْكَنْ مِنْ بَعْدِهِمْ إِلَّا قَلِيلًا ۖ وَكُنَّا نَحْنُ الْوَارِثِينَ 58 ٥٨

Biz maishatlari haddan oshgan qanchadan-qancha yurtlarni halok qildik. Bas, anavilar ularning maskanlari, ulardan keyin maskan qilinmadi, illo, ozginasi, xolos. Va Biz O`zimiz voris bo`lib qoldik. (58)

Tafsir
Allohning nematiga nonkoʻrlik qilib, gunoh loyiga botgan qanchadan-qancha yurtlarni halok etdik. Ana ularning uy-joylari. Huvillab yotibdi. Ularda ayrim oʻtkinchilar birozgina yashayaptilar, xolos. Osmonlaru yerning, ular orasidagi narsalarning vorisi Biz boʻldik.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin