Sura Hud (هود) (Oyat 60)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




11 Hud(هود), Oyat 60

وَأُتْبِعُوا فِي هَٰذِهِ الدُّنْيَا لَعْنَةً وَيَوْمَ الْقِيَامَةِ ۗ أَلَا إِنَّ عَادًا كَفَرُوا رَبَّهُمْ ۗ أَلَا بُعْدًا لِعَادٍ قَوْمِ هُودٍ 60 ٦٠

Va ularga bu dunyoda ham, qiyomat kunida ham la'nat ergashur. Ogoh bo`lingkim, albatta, odliklar Robbilariga kufr keltirgan edilar. Ogoh bo`lingkim, Hud qavmi Od yo`qolsin! (60)

Tafsir
Ular shu shu dunyoda ham Allohning rahmatidan quvilib, sharmanda boʻldilar. Qiyomat kunida ham Allohning rahmatidan chetlatilgaylar. Bunga sabab Alloh taologa kufr keltirganlaridir. Ogoh boʻlingizkim, Alloh ularni barcha yaxshiliklardan mosuvo aylab, hamma yomonliklarga giriftor etgay.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin