Sura Hud (هود) (Oyat 61)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




11 Hud(هود), Oyat 61

وَإِلَىٰ ثَمُودَ أَخَاهُمْ صَالِحًا ۚ قَالَ يَا قَوْمِ اعْبُدُوا اللَّهَ مَا لَكُمْ مِنْ إِلَٰهٍ غَيْرُهُ ۖ هُوَ أَنْشَأَكُمْ مِنَ الْأَرْضِ وَاسْتَعْمَرَكُمْ فِيهَا فَاسْتَغْفِرُوهُ ثُمَّ تُوبُوا إِلَيْهِ ۚ إِنَّ رَبِّي قَرِيبٌ مُجِيبٌ 61 ٦١

Va Samudga birodarlari Solihni (yubordik). U: «Ey qavmim, Allohga ibodat qiling. Siz uchun Undan o`zga iloh yo`q. U sizlarni yerdan paydo qildi va unga sizni obodligi uchun qo`ydi. Bas, Unga istig`for ayting, so`ngra Unga tavba qiling. Albatta, Robbim yaqin va ijobat qilguvchidir», dedi. (61)

Tafsir
Samudga birodarlari Solihni paygʻambar qilib yubordik. Dedi: «Ey qavmim, yolgʻiz Allohga ibodat qilingiz! Sizlar uchun Undan oʻzga chin mabud yoʻqdir. U sizlarni, otangizni yerdan, tuproqdan yaratib, uni obod etishni sizlarga topshirdi. Bas, Undan magʻfirat soʻranglar, keyin esa toatlar qilib, gunohlardan tiyilib, Unga tavba qilinglar. Albatta, Parvardigorim ixlosmand bandasiga yaqin va duosini ijobat qilguvchidir».

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin