Sura Fatir (Yaratuvchi — فاطر) (Oyat 25)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




35 Fatir(فاطر), Oyat 25

وَإِنْ يُكَذِّبُوكَ فَقَدْ كَذَّبَ الَّذِينَ مِنْ قَبْلِهِمْ جَاءَتْهُمْ رُسُلُهُمْ بِالْبَيِّنَاتِ وَبِالزُّبُرِ وَبِالْكِتَابِ الْمُنِيرِ 25 ٢٥

Agar seni yolg`onchi qilsalar, bas, batahqiq, ulardan oldin o`tganlar ham yolg`onchi qilganlar. Holbuki, Payg`ambarlari ularga ravshan mo`'jizalar, sahifalar va nurli kitob keltirgan edilar. (25)

Tafsir
Ey Paygʻambar, qavmingiz sizni yolgʻonchiga chiqarayotgan boʻlsalar, sabr qiling. Yolgʻonchiga chiqarilayotgan birinchi paygʻambar emassiz. Od, Samud va Lut qavmi kabi oldingi ummatlar ham oʻz paygʻambarlarini yolgʻonchiga chiqarganlar. Ularga paygʻambarlari oʻzlarining haq ekaniga dalolat qiluvchi yorqin dalillarni hamda sahifalarni va nurli Kitobni olib kelgandilar. Fikr yurita olgan odam fikr yuritib, oʻshalardan paygʻambarning haq ekanini bilib olaveradi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin