Sura Al-Jumu'ah (Juma — الجمعة) (Oyat 5)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




62 Al-Jumu'ah(الجمعة), Oyat 5

مَثَلُ الَّذِينَ حُمِّلُوا التَّوْرَاةَ ثُمَّ لَمْ يَحْمِلُوهَا كَمَثَلِ الْحِمَارِ يَحْمِلُ أَسْفَارًا ۚ بِئْسَ مَثَلُ الْقَوْمِ الَّذِينَ كَذَّبُوا بِآيَاتِ اللَّهِ ۚ وَاللَّهُ لَا يَهْدِي الْقَوْمَ الظَّالِمِينَ 5 ٥

Ustlariga Tavrot yuklatilgan, so`ngra uni ko`tarmaganlar misoli ustiga kitob yuklangan eshakka o`xsharlar. Allohning oyatlarini yolg`onga chiqargan qavmning misoli qandoq ham yomon. Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas. (5)

Tafsir
Tavrotga amal qilish vazifasi topshirilgan, lekin uni bajarmagan yahudiylar ustiga katta-katta kitoblar ortilgan eshakka oʻxshaydilar. Eshak oʻzining ustidagi narsa kitobmi, boshqa narsami, bilmaydi. Allohning oyatlarini yolgʻonga chiqaruvchilar misoli naqadar yomon. Alloh zolim qavmning haqni topishiga tavfiq bermaydi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin