Sura Hud (هود) (Oyat 62)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




11 Hud(هود), Oyat 62

قَالُوا يَا صَالِحُ قَدْ كُنْتَ فِينَا مَرْجُوًّا قَبْلَ هَٰذَا ۖ أَتَنْهَانَا أَنْ نَعْبُدَ مَا يَعْبُدُ آبَاؤُنَا وَإِنَّنَا لَفِي شَكٍّ مِمَّا تَدْعُونَا إِلَيْهِ مُرِيبٍ 62 ٦٢

Ular: «Ey Solih, bundan oldin sen ichimizda orzu qilingan eding. Endi bizni ota-bobolarimiz ibodat qiladigan narsaga ibodat qilmog`imizdan qaytarasanmi? Albatta, biz sen da'vat qilayotgan narsa haqida shak-shubhadamiz», dedilar. (62)

Tafsir
Dedilar: «Ey Solih, sen oldin oramizda oliy martabaga ega eding, seni bizga yoʻl-yoʻriq koʻrsatadigan aqlli odam boʻlishingni orzu qilgandik. Sen esa bizni ota-bobolarimiz ibodat qilib kelayotgan butlarga ibodat qilishimizdan qaytarasanmi?! Albatta, biz sen davat qilayotgan yolgʻiz Allohgagina ibodat qilish haqidagi gaplardan shubha-gumondamiz. Shuning uchun seni Alloh shaniga tuhmat qilyapti, deb bilamiz».

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin