Sura Hud (هود) (Oyat 63)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




11 Hud(هود), Oyat 63

قَالَ يَا قَوْمِ أَرَأَيْتُمْ إِنْ كُنْتُ عَلَىٰ بَيِّنَةٍ مِنْ رَبِّي وَآتَانِي مِنْهُ رَحْمَةً فَمَنْ يَنْصُرُنِي مِنَ اللَّهِ إِنْ عَصَيْتُهُ ۖ فَمَا تَزِيدُونَنِي غَيْرَ تَخْسِيرٍ 63 ٦٣

U: «Ey qavmim, xabar bering-chi, agar men Robbim tomonidan ochiq-oydin hujjatga ega bo`lsam va menga U tomonidan rahmat berilgan bo`lsa-yu, men Unga osiy bo`lsam, kim menga Alloh (azobi)dan (qutulishga) yordam beradi?! Bas, siz menga ziyondan o`zgani ziyoda qilmassizlar. (63)

Tafsir
Solih qavmiga raddiya bildirib dedi: "Ey qavmim, aytinglar-chi, men Parvardigorim tarafidan bir ochiq hujjatga ega boʻlsam va U Zot menga Oʻzi tarafidan bir rahmatni, paygʻambarlikni ato etgan boʻlsa-da, yana men U Zotga osiylik qilib, risolatni yetkazish haqidagi farmonini bajarmasam, Uning azobidan meni kim asray oladi?! Sizlar esa menga zalolat va U Zotning rizosidan uzoqlashishdan boshqa narsani koʻpaytirmaysizlar".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin