Sura Hud (هود) (Oyat 66)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




11 Hud(هود), Oyat 66

فَلَمَّا جَاءَ أَمْرُنَا نَجَّيْنَا صَالِحًا وَالَّذِينَ آمَنُوا مَعَهُ بِرَحْمَةٍ مِنَّا وَمِنْ خِزْيِ يَوْمِئِذٍ ۗ إِنَّ رَبَّكَ هُوَ الْقَوِيُّ الْعَزِيزُ 66 ٦٦

Amrimiz kelgan paytda O`z rahmatimiz ila Solihga va u bilan birga iymon keltirganlarga najot berdik va o`sha kunning sharmandaligidan qutqardik. Albatta, Robbing, Uning O`zi kuchli va azizdir. (66)

Tafsir
Ularni halok qilish haqidagi farmonimiz kelgach, Solih va u bilan birga boʻlgan moʻminlarga Oʻz tarafimizdan boʻlgan bir rahmat ila najot berdik va ularni oʻsha kunning xorligi, sharmandaligidan asradik. Albatta, Parvardigoringiz kuchli va gʻolib Zotdirki, hech kimsa Undan gʻolib boʻla olmas. Haqni tan olmagan ummatlarni halok etishi ana shu gʻolibligining bir koʻrinishidir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin