Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
U sizlardan qaysingizning amali yaxshiroq ekanini sinab ko`rish uchun olti kunda osmonlaru yerni yaratdi. O`shanda Arshi suv ustida edi. Agar sen: «Sizlar o`limdan keyin albatta qayta tiriltirilasizlar», desang, kufr keltirganlar, albatta: «Bu ochiq-oydin sehrdan o`zga narsa emas», derlar. (7)
Tafsir
U shunday Zotki, mana shunday buyuk osmonlaru yerni va ulardagi narsalarni olti kunda yaratdi. Bundan oldin U Zotning Arshi suv ustida edi. Ey odamlar, sizlardan qaysi biringiz yaxshiroq amal qilib, Allohni rozi qilishingiz va qaysi biringiz yomon amal qilib, Allohni gʻazablantirishingizni sinovdan oʻtkazish, keyin esa oʻsha qilgan amallaringizga yarasha jazo yoki mukofot berish uchun shunday qildi. Ey Paygʻambar, agar siz ularga: "Oʻlgandan keyin hisob-kitob uchun yana qayta tirilasizlar", desangiz, kufr keltirgan va qayta tirilishni inkor qilgan kimsalar: "Sen tilovat qilayotgan bu Quron haq emas, u ochiq sehrdan boshqa narsa emas", deydilar.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: