Sura Hud (هود) (Oyat 87)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




11 Hud(هود), Oyat 87

قَالُوا يَا شُعَيْبُ أَصَلَاتُكَ تَأْمُرُكَ أَنْ نَتْرُكَ مَا يَعْبُدُ آبَاؤُنَا أَوْ أَنْ نَفْعَلَ فِي أَمْوَالِنَا مَا نَشَاءُ ۖ إِنَّكَ لَأَنْتَ الْحَلِيمُ الرَّشِيدُ 87 ٨٧

Ular: «Ey Shu'ayb, senga bizning otalarimiz ibodat qiladigan narsani tark qilmog`imizni yoki mollarimizda xohlaganimizni qilmasligimizni namozing amr qilmoqdami?! Sen juda haliym va rashid ekansan-da», – dedilar. (87)

Tafsir
Shuaybning qavmi uni masxara qilib dedilar: «Ey Shuayb, ota-bobolarimiz ibodat qilib kelayotgan butlardan voz kechishimizni yoki oʻz mol-mulkimizni oʻzimiz istagandek tasarruf qilmasligimizni, uni istaganimizcha koʻpaytirmasligimizni senga namozing buyuryaptimi? Biram koʻngilchan, rashidsanki! Oldinlari tuppa-tuzuk aqlli odam eding-ku. Seni nima jin urdi?»

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin