Sura Hud (هود) (Oyat 88)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




11 Hud(هود), Oyat 88

قَالَ يَا قَوْمِ أَرَأَيْتُمْ إِنْ كُنْتُ عَلَىٰ بَيِّنَةٍ مِنْ رَبِّي وَرَزَقَنِي مِنْهُ رِزْقًا حَسَنًا ۚ وَمَا أُرِيدُ أَنْ أُخَالِفَكُمْ إِلَىٰ مَا أَنْهَاكُمْ عَنْهُ ۚ إِنْ أُرِيدُ إِلَّا الْإِصْلَاحَ مَا اسْتَطَعْتُ ۚ وَمَا تَوْفِيقِي إِلَّا بِاللَّهِ ۚ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ وَإِلَيْهِ أُنِيبُ 88 ٨٨

U: «Ey qavmim, xabar beringlar-chi, agar men Robbimdan aniq hujjatga ega bo`lsam-chi va meni O`zi tarafidan yaxshi rizq ila rizqlantirgan bo`lsa-chi?! Men sizlarni o`zim qaytarayotgan narsada o`zim xilof qilmoqchi emasman. Men imkonim boricha isloh qilishdan o`zga hech narsani xohlamayman. Mening muvaffaqiyatim faqat Allohga bog`liq. Ungagina tavakkal qildim. Ungagina qaytaman. (88)

Tafsir
Shuayb qavmiga dedi: «Ey qavmim, aytinglar-chi, bordi-yu, men Parvardigorim tarafidan aniq bir hujjatga ega boʻlsam va menga Oʻzi tarafidan bir yaxshi rizq, jumladan, paygʻambarlik ato etgan boʻlsa, holinglar nima kechadi?! Men sizlarni bir ishdan qaytarib, oʻzim oʻsha ishni qilmoqchi emasman. Men kuchim yetganicha Parvardigoringizni bir deb bilishga va U Zotga itoat etishga davat etib, sizlarni isloh qilishni istayman, xolos. Menga muvaffaqiyat berish yolgʻiz Allohning Qoʻlida. Ungagina tavakkal qildim. Ungagina murojaat qilaman".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin