Sura Hud (هود) (Oyat 8)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




11 Hud(هود), Oyat 8

وَلَئِنْ أَخَّرْنَا عَنْهُمُ الْعَذَابَ إِلَىٰ أُمَّةٍ مَعْدُودَةٍ لَيَقُولُنَّ مَا يَحْبِسُهُ ۗ أَلَا يَوْمَ يَأْتِيهِمْ لَيْسَ مَصْرُوفًا عَنْهُمْ وَحَاقَ بِهِمْ مَا كَانُوا بِهِ يَسْتَهْزِئُونَ 8 ٨

Agar Biz ulardan ma'lum muddatgacha azobni kechiktirsak, ular albatta: «Uni nima to`xtatib turibdi?» derlar. Ogoh bo`linglarkim, u kelgan kunda ulardan qaytarilmas va ularni o`zlari istehzo qilib yurgan narsa o`rab olur. (8)

Tafsir
Mushriklar jazoga loyiq boʻlsalar-da, shu dunyo hayotida ulardan malum muddatga azobni kechiktirib tursak: "Oʻsha azobni yuborishdan nima toʻsib turibdi", deya masxara qiladilar. Ogoh boʻlingizkim, azobning keladigan oʻz vaqti-soati bor. Uni Allohdan oʻzga hech kimsa bilmas. U kelgan paytda hech kimsa undan qochib-qutula olmas. Oʻshanda ularni oʻzlari masxara qilib yurganlari azob har tarafdan qamrab olur.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin