Sura Hud (هود) (Oyat 92)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




11 Hud(هود), Oyat 92

قَالَ يَا قَوْمِ أَرَهْطِي أَعَزُّ عَلَيْكُمْ مِنَ اللَّهِ وَاتَّخَذْتُمُوهُ وَرَاءَكُمْ ظِهْرِيًّا ۖ إِنَّ رَبِّي بِمَا تَعْمَلُونَ مُحِيطٌ 92 ٩٢

U: «Ey qavmim, mening odamlarim sizlar uchun Allohdan ko`ra azizroqmi?! Unga orqangizni o`girib oldingiz. Albatta, Robbim qilayotgan amallaringizni ihota qiluvchidir. (92)

Tafsir
Shuayb dedi: "Ey qavmim, qarindoshlarim sizlarga Allohdan ham mukarramroq, azizroqmiki, U Zotga orqangizni oʻgirib olib, yuborgan paygʻambariga iymon keltirmadingiz. Albatta, Parvardigorim qilayotgan ishlaringizni qamrab olguvchidir. Bironta ishingiz U Zotdan yashirin qolmas. Yaqinda sizlarni qilmishlaringizga yarasha jazolab, bu dunyoda halokatga, oxiratda esa azobga giriftor aylagay".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin