Sura Yusuf (يوسف) (Oyat 108)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




12 Yusuf(يوسف), Oyat 108

قُلْ هَٰذِهِ سَبِيلِي أَدْعُو إِلَى اللَّهِ ۚ عَلَىٰ بَصِيرَةٍ أَنَا وَمَنِ اتَّبَعَنِي ۖ وَسُبْحَانَ اللَّهِ وَمَا أَنَا مِنَ الْمُشْرِكِينَ 108 ١٠٨

Sen: «Bu — mening yo`limdir. Men Allohga bilib — ishonch ila chaqiraman va menga ergashganlar ham. Alloh pokdir. Va men mushriklardan emasman», deb ayt. (108)

Tafsir
Ey Paygʻambar, ayting: "Shu mening yoʻlim. Men ham, menga, mening yoʻlimga, sunnatimga ergashganlar ham aniq hujjat bilan Allohga davat qilamiz. Alloh Oʻzining ulugʻligi va kamoliga loyiq boʻlmagan har qanday nuqsondan pok. Men mushriklardan emasman. Men har qanday nuqsondan pok Allohni yakka-yagona, deb biladigan muvahhidlardanman".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin