Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Biz sendan ilgari ham faqat shahar ahlidan er kishilarga vahiy yuborganmiz. Yer yuzida yurib, o`zlaridan oldingilarning oqibati nima bo`lganiga nazar solmaydilarmi? Albatta, oxirat diyori taqvo qiladiganlar uchun yaxshiroqdir. Aql yuritmaydilarmi?! (109)
Tafsir
Ey Paygʻambar, sizdan oldin qishloq emas, shahar ahlidan, farishtalar emas, faqat er kishilarni paygʻambar qilib, ularga vahiy yubordik. Odamlar ularni yolgʻonchiga chiqardilar va natijada Biz ularni halok qildik. Anavi yolgʻonga chiqarayotganlar yer yuzida yurib, oldingi haqni tan olmaganlarning oqibati qanday boʻlganiga nazar solmaydilarmi? Ulardan ibrat olmaydilarmi? Taqvo qiladiganlar uchun bu dunyodan koʻra oxirat diyori yaxshiroqdir. Shunday boʻlgach, aqllarini ishlatib, Allohning buyruqlarini bajarib, taqiqlardan tiyilmaydilarmi? Eng katta buyruq iymon boʻlsa, eng katta taqiq shirkdir.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: