Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Ular: «Ey otamiz, sen nega Yusufni bizga ishonmaysan? Holbuki, biz unga ixlos qiluvchilarmiz. (11)
Tafsir
Uni gumdon qilishga kelishib olishgach, otalari Yaqubga dedilar: "Otajon, nima uchun Yusufni bizga ishonmaysan? Axir biz unga mehribonmiz-ku. To senga sogʻ-salomat qaytib kelgunicha unga oʻzimiz qarab, uni himoya qilib yuramiz. Shunday boʻlgach, nima sababdan uni biz bilan yubormaysan?"
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: