Sura Yusuf (يوسف) (Oyat 41)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




12 Yusuf(يوسف), Oyat 41

يَا صَاحِبَيِ السِّجْنِ أَمَّا أَحَدُكُمَا فَيَسْقِي رَبَّهُ خَمْرًا ۖ وَأَمَّا الْآخَرُ فَيُصْلَبُ فَتَأْكُلُ الطَّيْرُ مِنْ رَأْسِهِ ۚ قُضِيَ الْأَمْرُ الَّذِي فِيهِ تَسْتَفْتِيَانِ 41 ٤١

Ey, hamzindon do`stlarim, sizlardan biringiz xo`jasiga xamr soqiyligi qiladir. Boshqasi bo`lsa, osiladi va qushlar uning boshidan yeydir. Siz bilmoqchi bo`lgan ish bitdi», – dedi. (41)

Tafsir
Ey hamzindon doʻstlarim, tushida sharob tayyorlagan odam zindondan chiqib, oʻz ishiga qaytadi, xojasiga soqiylik qiladi. Boshidagi nonni qushlar yeyayotganini koʻrgan odam esa osib oʻldiriladi va uning boshini qushlar choʻqiydilar. Sizlar soʻragan ish bitdi, tamom. Endi uning sodir boʻlishi muqarrar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin