Sura Yusuf (يوسف) (Oyat 65)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




12 Yusuf(يوسف), Oyat 65

وَلَمَّا فَتَحُوا مَتَاعَهُمْ وَجَدُوا بِضَاعَتَهُمْ رُدَّتْ إِلَيْهِمْ ۖ قَالُوا يَا أَبَانَا مَا نَبْغِي ۖ هَٰذِهِ بِضَاعَتُنَا رُدَّتْ إِلَيْنَا ۖ وَنَمِيرُ أَهْلَنَا وَنَحْفَظُ أَخَانَا وَنَزْدَادُ كَيْلَ بَعِيرٍ ۖ ذَٰلِكَ كَيْلٌ يَسِيرٌ 65 ٦٥

Yuklarini ochgan paytda, sarmoyalarining o`zlariga qaytarilganini bildilar. «Ey otamiz, yana nima istaymiz? Mana, sarmoyalarimiz o`zimizga qaytarilibdi. Yana ahlimizga zod keltirurmiz, ukamizni muhofaza qilib, bir tuya ziyoda (yuk) o`lchovi olamiz. Bu ozgina o`lchovdir», – dedilar. (65)

Tafsir
Yuklarini ochishgach, oziq-ovqatga ayirboshlash uchun olib borgan narsalari oʻzlariga qaytarilganini koʻrdilar. Otalariga dedilar: "Azizdan bundan ortiq yana nimani istaymiz? Mana, u fazlu marhamat koʻrsatib, oziq-ovqatga almashtirish uchun olib borgan narsalarimizni ham oʻzimizga qaytarib yuboribdi-ku. Yana oilamizga oziq-ovqat olib kelamiz. Ukamizni xavfu xatardan himoya qilamiz. U ham borgani uchun yana bir tuya yukni qoʻshib olamiz. Aziz uchun bir tuya yuk arzimas narsa.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin