Sura Yusuf (يوسف) (Oyat 70)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




12 Yusuf(يوسف), Oyat 70

فَلَمَّا جَهَّزَهُمْ بِجَهَازِهِمْ جَعَلَ السِّقَايَةَ فِي رَحْلِ أَخِيهِ ثُمَّ أَذَّنَ مُؤَذِّنٌ أَيَّتُهَا الْعِيرُ إِنَّكُمْ لَسَارِقُونَ 70 ٧٠

Ularning jihozlarini hozirlagan paytda, inisining yukiga bir suv idishni solib qo`ydi. So`ngra, jarchi: «Ey, karvondagilar, sizlar o`g`ridirsizlar», deb jar soldi. (70)

Tafsir
Yusuf alayhissalom xizmatchilariga aka-ukalarining yukini tayyorlab berayotib, tugʻishgan ukasining idishiga podshohning oʻlchagichini bildirmasdan solib qoʻyishni buyurdi. Bu ishni ukasini oʻzi bilan olib qolishni istab qildi. Ogʻa-inilar qaytayotganlarida ortidan bir jarchi: "Ey karvon, sizlar oʻgʻrisizlar", deya jar soldi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin