Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
U inisining yukidan oldin ularning yukidan (taftish) boshladi. So`ngra, u(suv idish)ni uning yukidan chiqarib oldi. Shunday qilib, Yusuf foydasiga hiyla qildik. U, podshohning dini bo`yicha inisini olib qola olmas edi. Magar, Alloh xohlasagina, bo`lishi mumkin edi. Kimni xohlasak, o`shaning darajasini ko`taramiz. Har bir ilm egasi ustidan biluvchi bor. (76)
Tafsir
Karvonni Yusufga qaytarib olib kelib, idishlarini taftish qila boshladilar. Hiylani oshkor qilib qoʻymaslik uchun ukasining idishini taftish qilishdan oldin boshqa akalarining idishlarini taftish qildilar. Keyin ukasining idishini taftish qilib, oʻlchagichni oʻsha yerdan topib oldilar. Biz Yusuf uchun oʻlchagichni ukasining idishiga solib qoʻyish hiylasini ishlatganimizdek, uni oʻzlarining yurtlaridagi qonun-qoidaga koʻra qul qilib olish hiylasini ham ishlatdik. Podshohning jazo turida esa bu narsa yoʻq boʻlib, unda oʻgʻriga darra urilar va tovon toʻlatilar edi. Lekin har doim Alloh xohlagani boʻladi. U Zot har ishga Qodir. Biz Oʻzimiz istagan bandaning darajasini xuddi Yusufdek koʻtarib qoʻyaveramiz. Har bir ilmli odam ustida undan koʻra bilimdonroq bordir. Hamma ilmlar ustida hamma-hamma narsani bilguvchi Allohning ilmi bordir.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: