Sura Yusuf (يوسف) (Oyat 80)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




12 Yusuf(يوسف), Oyat 80

فَلَمَّا اسْتَيْأَسُوا مِنْهُ خَلَصُوا نَجِيًّا ۖ قَالَ كَبِيرُهُمْ أَلَمْ تَعْلَمُوا أَنَّ أَبَاكُمْ قَدْ أَخَذَ عَلَيْكُمْ مَوْثِقًا مِنَ اللَّهِ وَمِنْ قَبْلُ مَا فَرَّطْتُمْ فِي يُوسُفَ ۖ فَلَنْ أَبْرَحَ الْأَرْضَ حَتَّىٰ يَأْذَنَ لِي أَبِي أَوْ يَحْكُمَ اللَّهُ لِي ۖ وَهُوَ خَيْرُ الْحَاكِمِينَ 80 ٨٠

Undan umidni uzgan chog`larida, chetga chiqib, xufyona maslahat qildilar. Kattalari: «Otangiz sizdan Alloh nomi bilan vasiyqa olganini va bundan oldin Yusuf haqida qilgan aybingizni bilmaysizlarmi?! Men toki otam menga izn bermaguncha yoki Alloh hukm chiqarmaguncha bu yerdan qimirlamasman. U, hukm chiqaruvchilarning eng yaxshisidir. (80)

Tafsir
Yusufning rad javobidan keyin umidlari uzilib, yashirincha maslahatlashdilar. Katta akalari shunday dedi: "Otangiz sizlardan Allohni oʻrtaga qoʻyib, oʻgʻlini sogʻ-salomat qaytarib olish kelish haqida ahd olganini eslatib qoʻyay. Ahdda sizlar daf qila olmaydigan bir holat yuz berishigina istisno qilingandi. Oldinroq Yusuf borasida ham xatoga yoʻl qoʻyib, otangizga bergan ahdingizga vafo qilmagan edingizlar. Endi men to otam qaytishga ruxsat bermagunicha yoki Alloh menga ukamni qaytarib olishim haqidagi Oʻz hukmini chiqarmagunicha Misrni tark etmayman. Alloh adolat va haqiqat bilan hukm qilguvchilarning eng yaxshisidir".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin