Sura Yusuf (يوسف) (Oyat 83)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




12 Yusuf(يوسف), Oyat 83

قَالَ بَلْ سَوَّلَتْ لَكُمْ أَنْفُسُكُمْ أَمْرًا ۖ فَصَبْرٌ جَمِيلٌ ۖ عَسَى اللَّهُ أَنْ يَأْتِيَنِي بِهِمْ جَمِيعًا ۚ إِنَّهُ هُوَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ 83 ٨٣

U: «Yo`q, sizga havoyi nafsingiz bir ishni yaxshi ko`rsatmish. Bas, chiroyli sabr (qilaman). Shoyadki, Alloh ularning hammasini huzurimga jamlab keltirsa. Albatta, Uning O`zi bilguvchi va hikmatli Zotdir», dedi. (83)

Tafsir
Ularga otalari dedi: "Ish sizlar aytayotgandek boʻlmagan. Sizlar oldin Yusuf borasida qilgan hiyla-nayranglaringizni takrorlayapsizlar. Endi menga chiroyli sabr qilishdan boshqa chora qolmadi. Shikva-shikoyatimni yolgʻiz Allohga qilaman. Shoyad, Alloh hammasini, Yusufni ham, ukasini ham, katta akalarini ham bagʻrimga qaytarsa. U ahvolimni koʻrib-bilib turguvchi va mening ishimni tadbir bilan qilguvchi hakim Zotdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin