Sura Yusuf (يوسف) (Oyat 88)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




12 Yusuf(يوسف), Oyat 88

فَلَمَّا دَخَلُوا عَلَيْهِ قَالُوا يَا أَيُّهَا الْعَزِيزُ مَسَّنَا وَأَهْلَنَا الضُّرُّ وَجِئْنَا بِبِضَاعَةٍ مُزْجَاةٍ فَأَوْفِ لَنَا الْكَيْلَ وَتَصَدَّقْ عَلَيْنَا ۖ إِنَّ اللَّهَ يَجْزِي الْمُتَصَدِّقِينَ 88 ٨٨

Uning huzuriga kirganlarida: «Ey Aziz, bizni va ahlimizni zarar tutdi va arzimagan sarmoya keltirdik. Bas, bizga o`lchovni to`liq qilib ber va sadaqa ham ber. Alloh, albatta, sadaqa qiluvchilarni mukofotlaydir», dedilar. (88)

Tafsir
Ogʻa-inilar otalarining gapiga quloq solib, Yusuf va ukasidan xabar olgani yoʻlga chiqdilar. Yusufning oldiga kirishgach, dedilar: "Biz qurgʻoqchlikka giriftor boʻldik va arzimagan mollarni olib keldik. Bizga oldingidek oziq-ovqatni toʻla oʻlchovda qilib ber va bizga sadaqa ham qil. Alloh sadaqa qilguvchilarni mukofotlaydi".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin