Sura Ar-Ra'd (Momaqaldiroq — الرعد) (Oyat 15)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




13 Ar-Ra'd(الرعد), Oyat 15

وَلِلَّهِ يَسْجُدُ مَنْ فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ طَوْعًا وَكَرْهًا وَظِلَالُهُمْ بِالْغُدُوِّ وَالْآصَالِ ۩ 15 ١٥

Allohga osmonlaru yerlardagi kimsalar va ularning soyalari xoh istasinlar, xoh istamasinlar, ertayu kech sajda qilurlar. (15)

Tafsir
Osmonlaru yerdagi hamma yolgʻiz Allohga sajda qiladi, boʻysunadi. Bu borada moʻmin ham, kofir ham barobar. Moʻmin oʻz ixtiyori bilan boʻysunsa, kofir majburiy tarzda boʻysunadi. Insonlik tabiati ixtiyoriy tarzda ham boʻysunishini taqozo etadi. Ammo u tabiatiga quloq solmaydi. Hamma maxluqotlarning ertalab yoki kechga yaqin tushadigan soyalari ham U Zotga sajda qiladilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin