Sura Ar-Ra'd (Momaqaldiroq — الرعد) (Oyat 17)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




13 Ar-Ra'd(الرعد), Oyat 17

أَنْزَلَ مِنَ السَّمَاءِ مَاءً فَسَالَتْ أَوْدِيَةٌ بِقَدَرِهَا فَاحْتَمَلَ السَّيْلُ زَبَدًا رَابِيًا ۚ وَمِمَّا يُوقِدُونَ عَلَيْهِ فِي النَّارِ ابْتِغَاءَ حِلْيَةٍ أَوْ مَتَاعٍ زَبَدٌ مِثْلُهُ ۚ كَذَٰلِكَ يَضْرِبُ اللَّهُ الْحَقَّ وَالْبَاطِلَ ۚ فَأَمَّا الزَّبَدُ فَيَذْهَبُ جُفَاءً ۖ وَأَمَّا مَا يَنْفَعُ النَّاسَ فَيَمْكُثُ فِي الْأَرْضِ ۚ كَذَٰلِكَ يَضْرِبُ اللَّهُ الْأَمْثَالَ 17 ١٧

U osmondan suv tushirdi. So`ngra vodiylarda o`z miqdoricha sel oqdi. Bas, sel o`z ustiga chiqqan ko`pikni ko`tarib keldi. Va zeb-ziynat, asbob-uskuna yasash maqsadida o`tda toblanadigan narsalarda ham shunga o`xshash ko`pik bo`lur. Alloh haq va botilga mana shunday zarbulmasal keltirur. Ammo ko`pik o`z-o`zidan yo`q bo`lib ketur. Odamlarga manfaat beradigan narsa esa, yer yuzida qolur. Alloh misollarni ana shunday keltirur. (17)

Tafsir
Alloh botilning yoʻq boʻlib ketishi va haqning boqiy qolishiga bir masal zarb qildi. Osmondan yoqqan yomgʻir oʻziga yarasha jilgʻalar boʻlib oqadi. Sel suv ustida koʻpiklarni ham koʻtarib keladi. Bu bir masal. Yana bir masal shuki, taqinchoqlar, asbob-uskunalar yasash uchun madanlar oʻtda yoqib eritiladi va ulardan ham koʻpik, chiqindi hosil boʻladi. Alloh shu ikki misol orqali haq bilan botilni bayon qilyapti. Botil ana shu koʻpik kabi boʻlib, oʻz-oʻzidan yoʻq boʻlib ketadi. Haq esa toza suv kabi zamin uzra qoladi. Odamlar undan ichadilar, hayvonlarini, ekinlarini sugʻoradilar. Madandagi chiqindi ham tashlab yuboriladi. Taqinchoqdan esa odamlar foydalanadilar. Alloh xuddi shu ikki masal kabi koʻp masallarni zarb etadi. Toki, haq bilan botil ochiq-oydin koʻrinsin.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin