Sura Ar-Ra'd (Momaqaldiroq — الرعد) (Oyat 22)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




13 Ar-Ra'd(الرعد), Oyat 22

وَالَّذِينَ صَبَرُوا ابْتِغَاءَ وَجْهِ رَبِّهِمْ وَأَقَامُوا الصَّلَاةَ وَأَنْفَقُوا مِمَّا رَزَقْنَاهُمْ سِرًّا وَعَلَانِيَةً وَيَدْرَءُونَ بِالْحَسَنَةِ السَّيِّئَةَ أُولَٰئِكَ لَهُمْ عُقْبَى الدَّارِ 22 ٢٢

Ular Robbilari yuzini ko`zlab, sabr qilarlar. Namozni to`kis ado etarlar, Biz ularga rizq qilib bergan narsadan maxfiy va oshkora infoq qilarlar va yomonlikni yaxshilik ila qaytararlar. Ana o`shalarga oqibat diyori bordir. (22)

Tafsir
Ular shunday zotlarki, Allohning rizosini istab, U Zotga itoat qilish yoʻlidagi mashaqqatlarga, gunoh qilmaslik yoʻlidagi ogʻirliklarga, Alloh taqdir qilgan xafalikka va xursandlikka birdek sabr qiladilar, namozni toʻkis ado etadilar, Biz bergan mol-dunyodan vojib boʻlgan miqdorini haqdorlarga beradilar, riyodan oʻzlarini olib qochib, yashirin va xolis hamda boshqalarga oʻrnak boʻlish uchun oshkora ehson qiladilar, yomonlik qilgan odamga yaxshilik bilan javob qaytaradilar. Ana oʻshalar uchun Qiyomat kuni goʻzal oqibat bordir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin