Sura Ar-Ra'd (Momaqaldiroq — الرعد) (Oyat 30)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




13 Ar-Ra'd(الرعد), Oyat 30

كَذَٰلِكَ أَرْسَلْنَاكَ فِي أُمَّةٍ قَدْ خَلَتْ مِنْ قَبْلِهَا أُمَمٌ لِتَتْلُوَ عَلَيْهِمُ الَّذِي أَوْحَيْنَا إِلَيْكَ وَهُمْ يَكْفُرُونَ بِالرَّحْمَٰنِ ۚ قُلْ هُوَ رَبِّي لَا إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ وَإِلَيْهِ مَتَابِ 30 ٣٠

Shunday qilib, seni o`zlaridan oldin ham ummatlar o`tgan bir ummatga ularga o`zingga vahiy qilgan narsamizni tilovat qilib berishing uchun yubordik. Holbuki, ular Rohmanga kufr keltirurlar. Sen: «U mening Robbimdir, Undan o`zga ibodatga sazovor zot yo`q. Uning O`zigagina tavakkal qildim. Tavbam ham Uning O`zigadir», deb ayt. (30)

Tafsir
Ey Paygʻambar, oldingi ummatlarga paygʻambarlar yuborganimizdek, sizni ham oʻz ummatingizga paygʻambar qilib yubordik. Toki, ularga Biz sizga vahiy qilgan Quronni oʻqib berasiz. Sizning haq ekaningizni isbotlashga uning oʻzi kifoyadir. Lekin qavmingizning ahvoli boshqacha boʻladi. Ular bu oyatni inkor etadilar. Chunki ular Rahmonga kufr keltiradilar, Unga boshqa narsalarni sherik qiladilar. Ey Paygʻambar, ayting: "Sizlar Rahmonga shirk keltiryapsizlar. Hobuki, U mening Parvardigorimdir. Undan oʻzga iloh yoʻqdir. Hamma ishlarimda Ungagina suyandim va tavba qilib borar joyim ham yolgʻiz Ungadir".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin