Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Biz kitob berganlar senga nozil qilingan narsadan xursand bo`lurlar. Guruhlar ichida uning ba'zisini inkor qiladigan kimsalar ham bor. Sen: «Albatta, men Allohga ibodat qilishga, Unga shirk keltirmaslikka amr qilindim. Ungagina da'vat qilaman hamda qaytishim ham Ungadir», deb ayt. (36)
Tafsir
Ey Paygʻambar, Biz Tavrotni bergan yahudiylar ham, Biz Injilni bergan nasroniylar ham sizga nozil qilingan haqqa xursand boʻladilar. Chunki u ularga nozil qilingan vahiylarning ayrimlariga toʻgʻri keladi. Yahudiy va nasroniylardan bir toʻda boʻlib, oʻzlarining havoyi nafslariga toʻgʻri kelmagani uchun sizga nozil qilingan haqning ayrim oʻrinlarini inkor qiladilar. Ey Paygʻambar, ularga ayting: "Alloh meni yolgʻiz Oʻziga ibodat qilishimga, Unga hech narsani sherik qilmasligimga buyurgan. Yolgʻiz Ungagina davat qilaman, qaytib borar joyim ham yolgʻiz Ungadir. Tavrot va Injil ham shuni olib kelgan".
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: