Sura Ar-Ra'd (Momaqaldiroq — الرعد) (Oyat 38)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




13 Ar-Ra'd(الرعد), Oyat 38

وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا رُسُلًا مِنْ قَبْلِكَ وَجَعَلْنَا لَهُمْ أَزْوَاجًا وَذُرِّيَّةً ۚ وَمَا كَانَ لِرَسُولٍ أَنْ يَأْتِيَ بِآيَةٍ إِلَّا بِإِذْنِ اللَّهِ ۗ لِكُلِّ أَجَلٍ كِتَابٌ 38 ٣٨

Batahqiq, Biz sendan oldin ham Payg`ambarlar yubordik va ularga xotinlar va zurriyotlar ato qilganmiz. Hech bir Payg`ambar Allohning iznisiz oyat-mo`'jiza keltirgan emas. Har bir ajalning o`z kitobi bordir. (38)

Tafsir
Ey Paygʻambar, sizdan oldin ham paygʻambarlar yuborganmiz. Siz birinchisi emassiz. Ularga ham xuddi odamlardek juftlar, bolalar ato etganmiz. Ularni uylanmaydigan, bola koʻrmaydigan farishtalar qilib qoʻymaganmiz. Siz ham oʻshalarning birisiz. Shunday ekan, nega mushriklar sizning odam ekaningizdan ajablanadilar? Allohning iznisiz biron paygʻambarning oʻzicha biron oyat-moʻjiza keltirishga haqqi boʻlmagan. Alloh hukm qilib qoʻygan har bir ishning oʻz yozigʻi va oʻz muddati bordirki, oʻsha yozigʻdan, oʻsha muddatdan qilcha ham oʻzgarmaydi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin