Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
U yerni cho`zib, unda baland tog`lar va anhorlar qilgan, har xil mevalardan juft-juft qilgan Zotdir. U kechani kunduzga o`ratadir. Bunda, albatta, tafakkur qiluvchi qavmlar uchun oyat-belgilar bordir. (3)
Tafsir
U shunday Zotki, yerni yoydi. Qalqimasligi uchun mahkam tutib turadigan togʻlarni yaratdi. Odamlar, hayvonlar va ekinlarni sugʻorish uchun daryolarni yaratib qoʻydi. Har bir mevani xuddi hayvondek juft-juft qilib, yani, erkak va urgʻochi qilib yaratdi. Kechani kunduzga qoplaydi. Shu bilan hamma yoq zimistonga aylanadi. Fikr yurita oladigan kishilar uchun bu ishlarda Allohning sanatiga dalolat qiluvchi oyat-alomatlar bor. Bu oyat-alomatlarning fikr yurita oladigan kishilargagina nafi tegadi.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: