Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Ularga va'da qilganimizning ba'zisini senga ko`rsatarmiz yoki (undan oldin) seni vafot ettirarmiz. Albatta, yetkazish sening zimmangda, hisob qilish Bizning zimmamizdadir. (40)
Tafsir
Ey Paygʻambar, ularga vada qilganimiz azobni sizning hayotlik paytingizda koʻrsatamizmi yoki uni koʻrsatishdan oldin sizni vafot etdiramizmi, farqi yoʻq, sizning ustingizdagi vazifa yetkazib qoʻyish, xolos. Biz zimmangizga faqat shu vazifani yuklaganmiz. Ulardan hisob olish, ularning jazo yo mukofotlarini berish sizning vazifangizga kirmaydi. U yogʻi Bizning ishimizdir.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: