Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Ular sendan yaxshilikdan avval yomonlik keltirishni talab qilurlar. Holbuki, ulardan avval misollar o`tmishdir. Va, albatta, Robbing odamlarning zulmiga qaramay, ular uchun mag`firatlidir. Va, albatta, Robbing iqobi shiddatlidir. (6)
Tafsir
Ey Paygʻambar, mushriklar sizdan tezroq azob yuborilishini soʻraydilar. Alloh ularga taqdir qilib qoʻygan nematlar toʻla berilmasidan oldin kelishini istaydilar. Holbuki, oldin ham haqni tan olmagan ummatlarga azob yuborilgani haqida misollar oʻtgandi. Nega oʻshalardan ibrat olmaydilar? Ey Paygʻambar, odamlar zolim boʻlsalar-da, Parvardigoringiz ularni kechirib yuboraveradi. Azobni tezlashtirmaydi. Tavba qilib olishlariga muhlat beradi. Lekin U tavba qilmasdan, kofirligida oyoq tirab turib oladiganlar uchun azobi qattiq Zotdir.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: