Sura Ibrahim (Ibrohim — إبراهيم) (Oyat 10)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




14 Ibrahim(إبراهيم), Oyat 10

قَالَتْ رُسُلُهُمْ أَفِي اللَّهِ شَكٌّ فَاطِرِ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ ۖ يَدْعُوكُمْ لِيَغْفِرَ لَكُمْ مِنْ ذُنُوبِكُمْ وَيُؤَخِّرَكُمْ إِلَىٰ أَجَلٍ مُسَمًّى ۚ قَالُوا إِنْ أَنْتُمْ إِلَّا بَشَرٌ مِثْلُنَا تُرِيدُونَ أَنْ تَصُدُّونَا عَمَّا كَانَ يَعْبُدُ آبَاؤُنَا فَأْتُونَا بِسُلْطَانٍ مُبِينٍ 10 ١٠

Payg`ambarlari ularga: «Osmonlaru yerning yaratguvchisi bo`lmish Allohga shak bormi? U sizlarni gunohlaringizni mag`firat qilishga va o`zingizni ma'lum muddatga qoldirishga chaqirmoqda-ku!» dedilar. Ular esa: «Siz bizga o`xshash bashardan o`zga hech narsa emassiz. Bizni otalarimiz ibodat qilib yurgan narsadan to`smoqchisiz. Bas, bizga ochiq-oydin hujjat keltiring», dedilar. (10)

Tafsir
Paygʻambarlari ularga raddiya bildirib dedilar: "Osmonlaru yerni yaratgan, yoʻqdan bor qilgan Allohning yagona chin mabud ekani haqida shubha boʻlishi mumkinmi? Axir U Zot sizlarni iymonga chorlab, oldin qilib oʻtgan gunohlaringizni magʻfirat qilib yubormoqchi hamda to ajalingiz kelguniga qadar yoshingizni yashab, oshingizni oshab olishingizga imkon bermoqchi boʻlyapti-ku". Qavmlari dedilar: "Sizlar ham oʻzimizga oʻxshagan odamlarsiz. Bizdan hech qanday ortiqcha joyingiz yoʻq. Ota-bobolarimiz ibodat qilib kelgan butlardan bizni toʻsmoqchi boʻlyapsizlar. Gapingiz rost boʻlsa, oʻzlaringizning Alloh tarafidan yuborilgan paygʻambarlar ekaningizga ochiq hujjat keltiringlar-chi".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin